Retro filmlar namoyishi davom etmoqda

0
153

Joriy yilning 13–15 avgust kunlari soat 18:30da Retro film klubi tomonidan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida rejissyor Klod Zidi suratga olgan fransuz kinokomediyalarinining namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Kecha “Yirtqich hayvon” badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Retro film klubi vakillari hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Klub vakillari film haqida tomoshabinlarga qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar.

Tomoshabinlar kino sohasi vakillari bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ma’lumot uchun, bugun soat 18:30da “Hazil qirollari” filmini rus tilida tomosha qilishingiz mumkin. Kirish bepul.

Retro film klubi — kino afsonalarini biz bilan tomosha qiling!

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!