Joriy yilning 2–4 iyul kunlari soat 18:30da Retro film klubi tomonidan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida taniqli aktrisa Ingrid Bergman ijodiga bag‘ishlangan filmlar namoyishi tashkil etiladi. Kecha “Millionni qanday o‘g‘irlash kerak” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Retro film klubi vakillari hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Klub tashkilotchilari film va aktrisaning ijodi haqida tomoshabinlarga qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar.

Tomoshabinlar kino sohasi vakillari bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tib, tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Ma’lumot uchun, bugun soat 18:30da “Tiffani bilan nonushta” filmini rus tilida tomosha qilishingiz mumkin. Kirish bepul.
Retro film klubi — kino afsonalarini biz bilan tomosha qiling!








