O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan “G‘anijon Turg‘unov. O‘z chirog‘ini yoqqan odam” nomli hujjatli film ustida tasvirga olish ishlari davom etmoqda.

Filmda Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan “Mono Elektrik” zavodi va uning asoschisi – fidoyi tadbirkor G‘anijon Turg‘unovning hayoti, mehnati va insoniy fazilatlari yoritiladi.

Bu zavod shunchaki ishlab chiqarish maskani emas – bu yerda 300 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Ularning 50 nafari ko‘zi ojiz, 20 nafari esa kam ta’minlangan oilalardan. Zavod ular uchun nafaqat daromad manbai, balki hayotga ishonch, ertangi kunga umid demakdir.
Film jamoasi:
Muallif va rejissyor – Mehrubon Alizoda, Operator – Azizibek Normatov, Operator assistenti – Shahzod Orifov, Rejissyor assistenti – Ismoil Rahmatjonov, Ovoz rejissyori – Abduqahhor Karimov, Muharrir – Umida Tursunboyeva hamda Film direktori – Ravshan Quvondiqov
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi»ning telegram sahifasi








