Joriy yilning 2–4 iyul kunlari soat 18:30da Retro film klubi tomonidan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida afsonaviy aktrisa Odri Hepbern ijodiga bag‘ishlangan filmlar namoyishi tashkil etiladi.

Odri Hepbern — nafislik timsoli, o‘zining betakror jozibasi, hayotiy rollari va insoniylik bilan yo‘g‘rilgan obrazlari bilan jahon kinosining unutilmas yulduzlaridan biridir. Uning ishtirokidagi filmlar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, sevgi, orzu va go‘zallik haqida so‘zlaydi.

Namoyish jadvali bilan tanishing:

2-iyul
18:30 — “Millionni qanday o‘g‘irlash kerak” filmi rus tilida

3-iyul
18:30 — “Tiffani bilan nonushta” filmi rus tilida

4-iyul
18:30 — “Rim ta’tillari” filmi rus tilida

Kirish bepul!

Batafsil ma’lumot uchun: +998 88 007 35 00

Retro film klubi — kino afsonalarini biz bilan tomosha qiling!

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!