Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, agentlik direktori maslahatchisi Sayfullo Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov, kinoijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Tadbir davomida Kinematografiya agentligi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh OAV vakillari hamda agentlik tizimidagi tashkilotlarning matbuot kotiblari Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




Bu e’tirof – milliy kinomizni targ‘ib qilish, sohadagi yangiliklar, islohotlar va ijodiy jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lida olib borilayotgan samarali faoliyatga bildirilgan minnatdorlik ifodasidir.
Kinematografiya agentligi OAV bilan doimiy va ochiq muloqotni qadrlaydi hamda bu hamkorlik yurtimiz kino san’ati rivoji yo‘lida izchil davom etishiga ishonch bildiradi.








