2025-yilda xalqaro kinofestivallarda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbek kinoijodkorlari taqdirlandi

0
239

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori tomonidan joriy yil davomida xalqaro kino festivallarida g‘olib bo‘lgan bir guruh yosh kinoijodkorlar rag‘batlantirildi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Agentlik direktori maslahatchisi Sayfullo Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov, kinoijodkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Taqdirlangan kinoijodkorlar:

Muzaffarxon Erkinov — “Aydinlar” badiiy filmi uchun Londonda o‘tkazilgan “Yevroosiyo Ijodiy Gildiyasi” xalqaro kino festivalida “Eng yaxshi badiiy film” nominatsiyasi g‘olibi;

Dilshodbek Usmonov — “Bu yerlarda hayot boshqacha” qisqa metrajli filmi uchun xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlangan;

Jamshid Narziqulov — “House” badiiy filmi Pokistonda bo‘lib o‘tgan “Peshawar International Film Festival 2025”da “Eng yaxshi film” deb topilgan;

Abdulatif Haydarov — “Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat” va “Tomaris” animatsion filmlari bilan Hindistonda o‘tkazilgan “Global Festival of Journalism & AVGC” xalqaro festivalida “Mukammallik uchun” nominatsiyasi g‘olibligi bilan e’tirof etilgan.

Bu yutuqlar — yosh kinoijodkorlarimizning xalqaro miqyosda munosib ishtiroki va o‘zbek kinosining yuksalishidan dalolat beradi. Kinematografiya agentligi bu kabi muvaffaqiyatlarni e’tirof etishda davom etadi.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!