“Cho‘liq” filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

0
350

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Art-zamon media” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Cho‘liq” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Agentlik direktori maslahatchisi Sayfullo Rajabov, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.

Film o‘z yo‘lini izlayotgan yosh yigitning ulg‘ayish jarayoni, ota-bola o‘rtasidagi qarama-qarshi qarashlar, cho‘l hayotining sinovlari, do‘stlik va ustoz-shogirdlik munosabatlari, shuningdek, san’at va ilk sevgi orqali kechinmalarning ifodalanishi haqida hikoya qiladi.

Filmda rollarni Noila Toshkentboyeva, Rustam Karimov, Karim Mirxodiyev, Farhod Abdullayev, Tohir Saidov, Sayyora Yunusova, Feruza Saidova, Farhod Xudoyberdiyev, Sirojiddin Vafoyev hamda bosh rollarni Ulug‘bek Muhammadkarimov va Sardor Abduhoshimov kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Jamoliddin Qo‘ziboyev, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassomlar Jamoliddin Qo‘ziboyev, va Husaynboy Eshniyozov, kartina direktori Shohrux Ne’matov

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!