
Joriy yilning 18-20 iyun kunlari soat 18:30da Retro film klubi tomonidan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida taniqli aktrisa Ingrid Bergman ijodiga bag‘ishlangan filmlar namoyishi tashkil etiladi. Kecha “Kasablanka” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda klub yetakchilari hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etdi. Namoyish davomida Klub yetakchilari tomonidan tomoshabinlarga ushbu film hamda ijodkor haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Mehmonlar kino mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tib, tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdi.
Ma’lumot uchun, bugun soat 18:30da “Vertigo” filmini rus tilida tomosha qilishingiz mumkin. Kirish bepul.

Retro film klubi — kino afsonalarini biz bilan tomosha qiling!








