“Yoshlar kuni”ga munosib tuhfa! “Cho‘liq” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi

0
185

Joriy yilning 30-iyun kuni soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Art-zamon media” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Cho‘liq” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Filmda rollarni Ulug‘bek Muhammadkarimov, Sardor Abduhoshimov, Farhod Abdullayev, Tohir Saidov, Sayyora Yunusova, Feruza Saidova, Farhod Xudoyberdiyev hamda Sirojiddin Vafoyev kabi iqtidorli aktyorlar ijro etishgan.Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Jamoliddin Qo‘ziboyev, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassomlar Jamoliddin Qo‘ziboyev, va Husaynboy Eshniyozov, kartina direktori Shohrux Ne’matov

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!