Joriy yilning 18-20 iyun kunlari soat 18:30da Retro film klubi tomonidan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida taniqli aktrisa Ingrid Bergman ijodiga bag‘ishlangan filmlar namoyishi tashkil etiladi.

Ingrid Bergman — o‘zining hayotiy obrazlari, chuqur dramatik ijrosi va samimiy ifodasi bilan jahon kinosi tarixida alohida o‘rin egallagan san’atkorlardan biridir. U ijro etgan filmlar bugun ham dolzarbligini yo‘qotmagan, insoniyatning muhim qadriyatlari va ichki kechinmalari haqida hikoya qiladi.

Namoyish jadvali bilan tanishing:
18-iyun
18:30 — “Kasablanka” filmi rus tilida
19-iyun
18:30 — “Vertigo” filmi rus tilida
20-iyun
18:30 — “Gaz nuri” filmi rus tilida
Kirish bepul!
Batafsil ma’lumot uchun: +998 88 007 35 00
Retro film klubi — kino afsonalarini biz bilan tomosha qiling!








