
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston san’at arbobi Zulfiqor Musoqov rejissyorligida suratga olingan “Fayzulla Xo‘jayev” (“Tegirmon”) badiiy-publitsistik filmining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Film O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin tutgan davlat va jamoat arbobi Fayzulla Xo‘jayevning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.
Premyerada kinoijodkorlar, soha vakillari, san’at ahli, kino ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Filmda XX asr boshlaridagi murakkab siyosiy-ijtimoiy jarayonlar, milliy davlatchilik tarixining muhim bosqichlari hamda Fayzulla Xo‘jayevning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati badiiy-publitsistik talqinda aks ettirilgan.
Filmning Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni arafasida namoyish etilgani uning tarixiy ahamiyatini yanada oshirdi.
Premyerada film tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va iliq munosabat bilan kutib olindi.
Barcha ijodkorlarni film premyerasi bilan samimiy tabriklaymiz.
Ijodiy jamoaga yangi loyihalarda muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!














