“TOSHKENTDA BUSAN KUNI”

0
92

“O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi”da “Yevroosiyo ekspeditsiyasi – 2026” dasturi doirasida “Toshkentda Busan kuni” madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov, Busan shahri meri o‘rinbosari, Pusan shahri delegatsiyasi hamda Koreya Respublikasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya kinoijodkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda professional aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Busan xalqaro kinofestivalida o‘zbekistonlik kinoijodkorlar va milliy filmlarning ishtirokini kengaytirish, festival doirasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir dasturidan “Global yoshlar elchisi” dasturi doirasidagi marosim hamda “Qirol bilan yashagan odam” (“The King’s Warden”) koreys badiiy filmining namoyishi o‘rin oldi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Koreya kino sohasidagi professional hamkorlikni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalar uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!