
Joriy yilning 30-avgust kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, madaniy-gumanitar hamkorlik hamda xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Busan kuni — Busan Day in Tashkent” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Toshkent va Busan shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilib, ikki mamlakatning madaniyati va san’atini keng targ‘ib qilish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro anglashuv va aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir dasturidan “Global Youth Ambassador” dasturi, madaniy chiqishlar, Busan shahri faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar hamda koreys kinosi namoyishi o‘rin olgan.
30-avgust, yakshanba
16:00–19:00
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi
Kirish bepul
Barchangizni “Busan kuni” tadbiriga taklif etamiz!
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati





