#Premyera

0
42

“Dars” badiiy filmi premyerasi

Ertaga soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Kontent markazi hamda “MA’NO CINEMA” hamkorligida suratga olingan filmda ustoz va shogird munosabatlari, kitobxonlik madaniyati, ma’rifat, insoniylik va ma’naviy kamolot masalalari yoritiladi.

Film voqealari bosh qahramon Oyqizning hayotiy sinovlari, izlanishlari va mutolaa orqali dunyoqarashi shakllanishi, mustaqil fikrlaydigan va mas’uliyatli shaxs sifatida kamol topishi asosida rivojlanadi.

Hanifa xola obrazi orqali ustozning inson tarbiyasi va kamolotidagi o‘rni, ustoz-shogird an’analari hamda ta’lim-tarbiyaning ahamiyati ochib beriladi.

“Dars” badiiy filmi 25-sentabrdan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida namoyish etiladi.

Ijodiy jamoa:
— ssenariy mualliflari — Madina Yo‘ldosheva, Shohrux Ne’matov;
— sahnalashtiruvchi rejissyor — Otabek Yo‘ldoshev;
— sahnalashtiruvchi operator — Davlat O‘rozaliyev;
— sahnalashtiruvchi rassom — Temur Nurmuhammedov;
— montaj ustasi — Nurillo Anvarov.

Bosh rollarda: Mavluda Hikmatova, Malika Ibragimova, Lola Eltoyeva, Tolib Mo‘minov, Abbos Bahodirov, Sanjar Namozov, Umid Uzoqov, Shohrux Hamdamov va boshqalar.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati
Web-site |Telegram|Instagram|Facebook

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!