Bugun Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “Moʻgʻul kinosi kunlari” tadbirining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Moʻgʻulistondan tashrif buyurgan rasmiy mehmonlar, kino ijodkorlari, kino ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kino kunlari doirasida bugun tomoshabinlarga moʻgʻul kinosining sara namunalaridan boʻlgan “Independence” (“Mustaqillik”) hamda “The Woman” (“Ayol”) badiiy filmlari namoyish etildi. Film namoyishlari kino ixlosmandlarida katta taassurot qoldirib, ikki xalq oʻrtasidagi madaniy va ijodiy aloqalarning yana bir yorqin ifodasiga aylandi.

“Moʻgʻul kinosi kunlari” ertaga ham davom etadi. Mazkur madaniy loyiha ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish, milliy kinematografiya tajribasi va ijodiy almashinuvni kengaytirishga xizmat qiladi.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!