Ertaga soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘zbek sportining faxri, ikki karra jahon chempioni va ko‘p karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov hayoti va uning shonli sport yo‘liga bag‘ishlangan yangi filmning tantanali premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu kartinada chempionning mashaqqatli yo‘li, matonati, yuksak iroda va buyuk maqsadlar sari qat’iy intilishi chuqur va ta’sirchan badiiy talqinda aks ettirilgan.

Bu — g‘alaba ortidagi mehnat, sinov va irodaning haqiqiy hikoyasi.

Premyera oqshomida sizni yorqin lahzalar, ilhom va unutilmas kino muhiti kutmoqda.

Barcha kino ixlosmandlarini ushbu nufuzli premyeraga taklif etamiz.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!