Film nomi: «SAL QOLISHIGA SAL QOLDI»
Davlati:
Janri: komediya
Yosh chegarasi: 12+
Film haqida qisqacha ma’lumot: Film syujeti: Film uchta turli voqea asosida qurilgan bo‘lib, har bir hikoya o‘ziga xos kulgili va kutilmagan vaziyatlar orqali rivojlanadi. Syujet davomida qahramonlar turli sinovlar va hayotiy holatlarga duch keladi. Voqealar ketma-ketligi tomoshabinni qiziqarli burilishlar orqali film yakuniga yetaklaydi.
Filmda sudxo‘rlik bilan shug‘ullanuvchi yigitning tush orqali o‘z hayotiga boshqacha nazar tashlashi, shuningdek, turli vaziyatlarga tushib qolgan qahramonlarning kulgili sarguzashtlari orqali hayotiy xulosalar beriladi.
Kinokartinada rollarni Shahzoda Muhammedova, Sevara Soliyeva, Muqaddas Sadullayeva, Zuhra Soliyeva, Dono Boboxonova, Alixan, Ma’mur Sultanov, G‘aybulla Xojiyev, Sitora Alimjanova, Sug‘diyona Azimova, Feruza Normatova kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.








