Joriy yilning 15-fevralidan 15-martiga qadar yurtimizda o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan “Matonat timsollari” mavzusida muloqot uchrashuvi tashkil etiladi.

Mazkur tadbirda kino sohasining atoqli vakillari, o‘zbek dublyaj san’atining yetuk namoyondalari — O‘zbekiston xalq artisti, mohir aktrisa Mukambar Rahimova hamda “Do‘stlik” ordeni sohibasi Barno Qodirova ishtirok etadilar.

Sana: 2026-yil 3-mart
Vaqt: soat 15:00
Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi

Barcha kino ixlosmandlari va san’at muxlislarini mazkur uchrashuvga taklif etamiz.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!