1-fevraldan buyon o‘tkazilayotgan mazkur kino namoyishlari doirasida kecha tomoshabinlar e’tiboriga quyidagi filmlar havola etildi:

“Chumchuqvoyning sarguzashtlari” — animatsion film
“Quvlashmachoq” — qisqa metrajli film
“Mahbora. Ona simfoniyasi” — hujjatli film
“Mening mahallam” — badiiy film

Namoyishlarda 50 nafardan ortiq tomoshabin ishtirok etdi. Tadbirda kino ixlosmandlari bilan bir qatorda soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashdi.

Ma’lumot uchun: bepul kino namoyishlari 25-fevralga qadar har kuni 14:00–18:00 oralig‘ida Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tadi.

Kunlik namoyish jadvali:
• 14:00–14:30 — Animatsion film
• 14:30–15:00 — Qisqa metrajli film / videorolik
• 15:00–16:00 — Hujjatli film
• 16:00–18:00 — Badiiy film

Milliy kino san’atining eng sara namunalarini tomosha qilish imkoniyatini boy bermang!

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!