“Buyuk bobolarim bolaligi” animatsion filmlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

0
247

Kecha O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Buyuk bobolarim bolaligi” turkumidagi animatsion filmlarning tantanali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kino ijodkorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda yurtimizning kelajak egalari — bolajonlar ishtirok etishdi.

Taqdimot marosimi milliy ruh va ko‘tarinki kayfiyatda, betakror raqslar bilan boshlandi. Tadbir davomida yangi animatsion filmlar namoyish etilib, ularning g‘oyaviy ahamiyati va tarbiyaviy qiymati alohida e’tirof etildi.

“Buyuk bobolarim bolaligi” turkumidagi animatsion filmlar yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz hayoti, bolaligi va tarixiy merosi bilan tanishtirish, ularda milliy g‘urur va tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu loyiha kelajak avlod uchun tarixni anglash va uni sevish yo‘lida muhim motivatsion manba bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!