Razzoq Hamroyev tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tadi

0
194

Joriy yilning 19-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, mashhur aktyor va rejissyor Razzoq Hamroyev tavalludining 115 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etiladi.

Tadbirda sanʼatkorning boy ijodiy merosi, milliy kino sanʼati taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, Razzoq Hamroyev ishtirok etgan filmlardan parchalar namoyish etilishi, ijod ahlining xotiralari tinglanishi, shu bilan birga aktyorning hayoti va ijodiga oid fotoko‘rgazma ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu xotira kechasida kutamiz!

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!