Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi bir guruh o‘qituvchilar uchun “Muallim” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.



Filmda qishloq maktabi o‘qituvchisi Qodir domlaning shogirdi va farzandi taqdiri o‘rtasida qolgan dramatik sinovlari orqali ustozlarimiz fidoyiligi, sermashaqqat mehnati va ulug‘vor insoniy fazilatlari haqida hikoya qiladi.



Shu bilan birga, tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyi bilan tanishishdi. Ularda film hamda muzey yorqin taassurot qoldirdi.


Ma’lumot uchun: Muzeyda “Mustaqillik davri kino sanʼati”, “Yangi kino sanʼatida jonlangan tarix”, “Toshkent xalqaro kinofestivali”, “Oʻzbek milliy kino sanʼatining olamshumul yutuqlari”, “Oʻzbek kino sanʼatining unutilmas siymolari”, “Yangi Oʻzbekistonning kino ijodkorlari” kabi burchaklar tashkil etilib, har bir qismi tegishli koʻrgazma, ekspozitsiya va galereyalar o‘rin olgan.








