Milliy kino san’ati saroyida “Mening mahallam” nomli yangi badiiy filmning namoyishi boshlanadi

0
364

8-avgustdan e’tiboran, ushbu filmni tomosha qilishingiz mumkin.

Filmda o‘zbek xalqiga xos mehr-oqibat, hamjihatlik, qiyin va quvonchli kunlarda bir-biriga yelkadosh bo‘lish kabi yuksak insoniy fazilatlar yorqin tasvirlangan.

Kinokartinada rollarni Dilorom Karimova, Farxod Abdullayev, Shohruh Hamdamov, Lola Eltoyeva, Tolib Moʻminov, Moʻmin Ibrohimov kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.

Senariy mualliflari – Xurshid Do‘stmuhammad, Abduhalil Mignarov, postanovkachi rejissyor – Abduhalil Mignarov, postanovkachi operator – Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom – Muhammadali Rahimov hamda film direktori – Farxod Usmonov

Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida kutamiz!!!

Chiptalar bo’yicha raqam:
+99877 297 88 88 +99877 287 88 88

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!