O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi tomonidan Kino saroyda namoyish etilayotgan filmlar haqidagi elektron katalog yaratildi. Endilikda tomoshabinlar mahalliy va xorijiy filmlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Raqamli platformada 20 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy filmlar haqida ma’lumotlar, afishalar va syujet tavsiflari jamlangan.
Ushbu raqamli loyiha kino ixlosmandlariga film tanlashda qulaylik yaratish, ularning mazmun-mohiyatini chuqurroq tushunish, Kino saroyi repertuari bilan tizimli tanishish imkonini beradi.
Xorijiy filmlar katalogi bilan tanishing:
https://milliykinosaroy.uz/?cat=83
Mahalliy filmlar haqidagi to‘liq ma’lumotlar:
https://milliykinosaroy.uz/?cat=82
Shu bilan birga, tomoshabinlar 2024 hamda 2025 yillarda ishlab chiqarilgan va Kino saroyda namoyish etilgan filmlar haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.








