Bugun “Renessans kino uyi”da Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyi tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Kinematografiya agentligi hamda Kino saroyi rahbariyati ishtirok etdi.

Hisobot davomida quyidagi masalalar tahlil qilindi:
Yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida amalga oshirilgan ishlar;
O‘tkazilgan turli madaniy tadbirlar va premyeralar;
Namoyish etilgan filmlarning prokat natijalari.


Shuningdek, yig‘ilishda 2025-yilning II yarim yilligida rejalashtirilgan tadbirlar va istiqboldagi chora-tadbirlar belgilandi.








