Joriy yilning 23–27 iyul kunlari soat 18:30da Retro film klubi tomonidan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, o‘zbek animatsiyasining asoschisi, Damir Salimov tomonidan yaratilgan filmlarning namoyishlari tashkil etiladi.
Agar siz o‘zbek va jahon kinosi tarixiga qiziqsangiz, Retro film klubi siz uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu yerda siz o‘zbek hamda jahon kino klassikasini tomosha qilishingiz, kinoijodkorlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishingiz va ko‘rilgan filmlar yuzasidan muhokamalar olib borishingiz mumkin!
Namoyish jadvali bilan tanishing:
23-iyul
18:30 — “6×6”, “Sehrli sandiq” multfilmlari rus tilida
18:30 — “Damir Salimov. Abadiylik” hujjatli film rus tilida
24-iyul
18:30 — “Doira” badiiy filmi rus tilida
25-iyul
18:30 — “Hayot mazmuni” badiiy filmi rus tilida
26-iyul
18:30 — “Bu qo‘rqmas bolalar poyga mashinalarida” badiiy filmi o‘zbek va rus tillarida
27-iyul
18:30 — “Tog‘lar chaqiradi” badiiy filmi rus tilida
Kirish bepul!
Batafsil ma’lumot uchun: +998 88 007 35 00
Retro film klubi — kino afsonalarini biz bilan tomosha qiling!








