
Joriy yilning 29-31-may kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “O‘zbekistonda Rossiya kinosi festivali” bo‘lib o‘tadi. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi ko‘magida ROSKINO tomonidan tashkil etilgan ushbu kinonamoyishlar “Rossiya madaniyati kunlari” dasturining bir qismi hisoblanadi.
Repertuar jadvali bilan tanishing:
Payshanba, 29-may:
“Qon guruhi” b/f – 16:00
Juma, 30-may:
“Madaniy komediya” b/f – 19:00
Shanba, 31-may:
“To‘ti Keshaning qaytishi” b/f – 12:00
“Fedya. Xalq futbolchisi” b/f – 14:30
“9 soniya” b/f – 17:30
“Havo” b/f – 20:00
Kirish bepul!
Eslatma: Tomoshabinlarimizdan filmlarga kirish uchun chiptani quyidagi havola orqali oldindan band qilishlari kerakligini ma’lum qilamiz:
? https://ticketon.uz/tashkent//rff_uz
Barcha filmlar rus tilida, o‘zbekcha subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Joylar soni cheklangan — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!








