





Kecha O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agentlik buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan “Bahodir Yalangto‘sh” filmining bepul namoyishi bo‘lib o‘tdi.
? Namoyishda filmda Boybek rolini ijro etgan mahoratli aktyor Ozod Kayimov, talaba-yoshlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. . Tadbirga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz va talaba-yoshlar film ijodkorlari bilan suhbatlashib, asar mazmuni va uning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot olishdi.
✅ Ushbu film Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan «Tirik tarix» loyihasi doirasidagi ilk kinokartina bo‘lib, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Filmda buyuk sardor, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangtoʻshning hayot yoʻli va faoliyati hikoya qilinadi.








