? “Meros” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

0
203

⚡️ Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agentlik buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan “Meros” filmining bepul namoyishi bo‘lib o‘tdi.

? Namoyishda filmning rejissyori O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hilol Nasimov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Karimov, mahoratli aktyor Boltavoy Toshmatov, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz va talaba-yoshlar film ijodkorlari bilan suhbatlashib, asar mazmuni va uning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!