








⚡️ Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/Milliy_kino_sanati_saroyi/4831) bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy kinofondi, O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Kino saroyi ma’muriyati hamkorligida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o‘zbek filmlarining bepul namoyishlariga start berildi.
? Ilk namoyishni “Muhabbat bahori” filmi boshlab berdi. Namoyishda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
✅ Filmda ikki ijodkor — O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yo‘llari, ijodi, ayriliq, vafo va sadoqat tuyg‘ulari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, ularning orzu va armonlari, Hamid Olimjon vafotidan keyingi Zulfiyaxonimning ichki kechinmalari, umid va shijoatga to‘la hayot yo‘li o‘ziga xos badiiy rakursda tasvirlangan.
ℹ️ Ma’lumot uchun, bepul kinonamoyishlar 10-mayga qadar davom etadi. Namoyishlar jadvali bilan quyidagi havola (https://t.me/Milliy_kino_sanati_saroyi/4831) orqali tanishishingiz mumkin.








