O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida taʼmirtalab bo‘lgan zal qayta taʼmirdan chiqarildi va 30-avgustdan boshlab o‘z faoliyatini davom ettiradi. Taʼmirlash jarayonida yangi, qulay o‘rindiqlar o‘rnatildi. Shuningdek, zalga kirish qismidagi yo‘lak mahalliy va xorijiy kinoyulduzlarning rasmlari bilan bezatildi.