XI Yevropa kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

0
3

Tadbir doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar, O’zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchanov, kinoshunoslarhamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida madaniy hamkorlikni rivojlantirish, Yevropa kinematografiyasi bilan yaqindan tanishish va xalqaro ijodiy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyati ta’kidlandi.

Marosim doirasida Fransiya va Lyuksemburg hamkorligida suratga olingan «Bog‘dagi qayiq» («A Boat in the Garden») animatsion filmi namoyish etildi.

XI Yevropa kinofestivali 23–25-oktabr kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida davom etadi.

Film dasturi va namoyişlar jadvali bilan tanişing.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati
Web-site | Telegram | Instagram| Facebook| YouTube

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!