Kecha O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli teatr va kino aktyori Shukur Burhonov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi.
Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, sanʼatkorning yaqin oila aʼzolari, shogirdlari, kinoijodkorlar, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari...