“OLMA” BADIIY FILMINING PREMYERASI BO‘LIB O‘TADI

0
161

Joriy yilning 26-avgust kuni soat 19:00da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida BEKMEDIA tomonidan suratga olingan “OLMA” badiiy filmining tantanali premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Jangari, triller va psixologik drama janridagi kartina bolalikdagi ruhiy jarohatlar, zo‘ravonlik oqibatlari, jamiyatning ayol-qizlarga munosabati hamda adolat g‘oyalarini ta’sirchan syujet va kutilmagan voqealar rivoji orqali yoritadi.

Bosh rollarda:
Ozodbek Manapov, Sevinch Bobokulova, Ibrohim Erkinjonov va Mirsulton Marufov.

Filmning seans namoyishlari 27-avgustdan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida boshlanadi.

“OLMA” badiiy filmining 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali premyerasi uchun chiptalar onlayn savdoda.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!