Joriy yilning 13-may kuni soat 18:00 da O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “OSMON QIROLI” badiiy filmining tantanali premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “SHB” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Ushbu kartina rejissyor Jahongir Qosimov tomonidan ekranlashtirilgan bo‘lib, unda inson taqdiri, fidoyilik, murakkab tanlovlar va osmon bilan bog‘liq orzular badiiy talqinda aks ettiriladi.

Film voqealari mustaqillik arafasidagi murakkab davr fonida kechadi. Asar markazida yosh uchuvchi Badalov hamda sirli va ziddiyatli shaxs — Shamshetov o‘rtasidagi dramatik voqealar tasvirlangan.

Film ssenariysi Xayriddin Sulton qalamiga mansub.

Filmda Karim Mirhodiyev, Abbos Ibrohimov, Matyoqub Matchonov, Toxir Saidov, Otabek Musayev hamda boshqa taniqli aktyorlar maromiga yetkazib rol ijro etgan.

Barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, kino ixlosmandlari hamda san’atsevarlarni mazkur premyeraga taklif etamiz.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!