Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga muvofiq, “O‘ZBEKFILM” kinokonserni hamda “CINEMA OF CENTRAL ASIA” studiyasi hamkorligida suratga olingan.
Film Ikkinchi jahon urushi davrida jasorati, matonati va fidoyiligi bilan tarixda iz qoldirgan o‘zbek o‘g‘loni Mamadali Topvoldiyev hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda insoniylik, do‘stlik va vatanparvarlik g‘oyalari chuqur yoritilgan.
Asarda oddiy qishloq yigitining frontdagi sinovlari, dushman ortidagi xavfli operatsiyalardagi ishtiroki hamda urushdan keyingi davrda tinch hayotni tiklash yo‘lidagi kurashi ta’sirchan aks ettiriladi.
“O‘ZBEK ARSLONI” — bu nafaqat tarixiy drama, balki jasorat va insoniylik timsoli, xotira va ehtirom ifodasidir.
Barchangizni ushbu muhim madaniy voqeada kutib qolamiz!
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati








