Bugun Oʻzbekiston Milliy kino sanʼat saroyida “Tojik kinosi kunlari” tadbirining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, “Tojikfilm” direktori Makhmadsaid Shokhiyon, shuningdek, Tojikistondan tashrif buyurgan mehmonlar, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida tomoshabinlarga:
“Ryba na kryuchke”
“V poiskakh istiny”
filmlarining maxsus namoyishlari taqdim etildi.
Shuningdek, mehmonlar Oʻzbekiston Kino sanʼati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kinematografiyamiz tarixi va bugungi yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
“Tojik kinosi kunlari” davom etadi! Festival doirasidagi film namoyishlari ertaga ham davom etib, kino ixlosmandlarini yangi asarlar bilan xursand etadi.
Barchangizni navbatdagi kino namoyishlariga taklif etamiz!
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati













