Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “SHB” studiyasi tomonidan suratga olingan “OSMONI FALAKLARDA Aviaparvozning yagona qurboni” nomli badiiy filmning tantanali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, soha mutasaddilari va fidoiylari, kino ijodkorlar, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Namoyishga kelgan mehmonlar shuningdek, O’zbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Taqdimot davomida so‘zga chiqqanlar filmning dramatik syujeti, inson taqdiri va hayot sinovlari orqali yetkazadigan chuqur mazmuni haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Ushbu film tomoshabinni chuqur o‘yga chorlaydigan dramatik syujetga ega bo‘lib, bosh rollarni Yulduz Rajabova va Merdan Matveliyev ijro etgan.

Shu bilan birga, ushbu yangi asar Navro’z ayyomida tomoshabinlarga esdalik va bayram tuhfasi sifatida taqdim etildi.

Ushbu asar nafaqat kino ixlosmandlari, balki keng auditoriya uchun chuqur ta’sir va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!