Kun dasturi doirasida tashrif buyurgan mehmonlar uchun O‘zbekiston kino san’ati muzeyiga ekskursiya ham tashkil etildi. Muzey ekspozitsiyasi orqali ishtirokchilar milliy kinematografiya tarixiga oid noyob eksponatlar hamda kino san’ati rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashabbus kino san’atini keng targ‘ib qilish, yosh avlodning madaniy saviyasini oshirish hamda milliy merosimizga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan iliq fikr-mulohazalar bildirildi.
Bepul kino namoyishlari belgilangan reja asosida davom etadi!
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati














