Kecha O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “ERKAK” nomli badiiy filmning katta premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kino ijodkorlari, soha mutasaddilari, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
“ERKAK” filmi insoniylik, mehr, sadoqat va burch kabi yuksak qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan chuqur ma’naviy asar bo‘lib, unda og‘ir xastalik girdobiga tushgan turmush o‘rtog‘ini hayotining so‘nggi damigacha tark etmay, unga suyanch bo‘lib yashagan insonning matonati va fidoyiligi ta’sirli tarzda yoritiladi.
Film tomoshabinni muhabbatning chinakam ma’nosi, sabr va vafoning haqiqiy bahosi haqida chuqur mushohadaga chorlaydi.
Mazkur badiiy film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan 60-sonli topshiriqning 22-bandi ijrosi doirasida suratga olingan.
“ERKAK” — bu nafaqat film, balki insoniy jasorat va cheksiz muhabbatga qo‘yilgan yuksak ehtiromdir.
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati














