Tadbirda kino ijodkorlari, soha mutaxassislari hamda yosh tomoshabinlar ishtirok etib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.
“Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” — Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasiga asosan “Lola Animation” studiyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda ilk bor 3D formatda ishlab chiqilgan to‘liq metrajli animatsion film sifatida e’tiborga loyiq loyiha hisoblanadi.
Film bolalarda jasorat, do‘stlik va ezgulik kabi yuksak qadriyatlarni targ‘ib etishi bilan ahamiyatlidir.
Joriy yilning 25-dekabr kuni esa, barcha bolajonlar va ularning ota-onalari uchun haqiqiy bayram sovg‘asi — “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” animatsion filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Premyera yangi yil arafasida tomoshabinlarga yorqin hissiyot va sehrli kayfiyat ulashishi shubhasiz.
Sehrli olam sari qahramonlar bilan birga sayohat qilishga tayyormisiz? Unda premyerani o‘tkazib yubormang!












