Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamkorligida “TIRIK TARIX” xalqaro kino forumi boshlandi.
Forum doirasida tarixiy filmlar namoyishi, xalqaro ijodiy uchrashuvlar, konferensiya va seminarlar, mahorat darslari hamda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Tadbirda Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Fransiya, AQSh, Xitoy va boshqa qator davlatlardan taniqli kinorejissyorlar, prodyuserlar va kino mutaxassislari ishtirok etmoqda.
“TIRIK TARIX” — milliy tariximizni zamonaviy kino tili orqali dunyoga olib chiqadigan muhim madaniy maydon hisoblanadi!








