18-noyabrdan e’tiboran, ushbu filmni tomosha qilishingiz mumkin.
Oddiy kunda raqs ustozi bilan shug‘ullanuvchi xoreografning hayoti kutilmagan tarzda o‘zgaradi. U tashqi ko‘rinishi, san’atga bo‘lgan muhabbati va harakatlarga bo‘lgan nazorati sababli Jinoyat dunyosiga tortilib qoladi. Maxsus xavfsizlik xizmati jinoyatchilar orasiga kirib, ular bilan birga harakat qila oladigan odamni qidiradi va bu vazifani faqat xoreograf bajara oladi. U sahnadagi harakatlarni jinoyatchilarga qarshi kurashda qo‘llaydi, har bir qadam va ishora nafaqat san’at, balki omon qolish masalasiga aylanadi.
“Xoreograf” filmi raqsdan tashqari insonning qiyin sharoitlarda o‘z mahoratini ishlatib, qo‘rquvlarni yengish va jasorat ko‘rsatish haqidagi hayajonli va ta’sirli hikoyadir. Tomoshabinlar qahramonning taqdiriga befarq qolmaydi.
Kinokartinada bosh rollarni G’ayrat Axmedov, Otabek Mirzaxolov, Dilshod Mirzamurodov, Xuvaydo Jumayeva, Jaxongir Poziljonov, Matyoqub Matchonov, Nigora Karimboyeva, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Bobur Yo‘ldoshev, Muhammad Iso Abdulxayirov, Muqaddas Xoliqova va boshqalar ijro etgan.
Ssenariy muallifi: Otabek Mirzaxolov, rejissyor: Sunnatulla Nomozov
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida kutamiz!!!
Chiptalar bo’yicha raqam:
+99877 297 88 88, +99877 287 88 88










