“Omonatim” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

0
288

Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Abbos Media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Omonatim” nomli badiiy filmning katta premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova, filmning homiy tashkilotlari vakillari, OAV vakillari, film ijodkorlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Film ijodkorlari suratga olish jarayonlari va kartinadan ko‘zlangan maqsad haqida atroflicha fikr bildirdi. Kino mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Film orqali tomoshabinlarga insoniy munosabatlarning go‘zalligi va murakkabligi, ayniqsa oiladagi mehr-muhabbat va qurbonliklarni yorqin va ta’sirchan tarzda ko‘rsatish maqsad qilingan. Film har bir ota-ona va farzand o‘rtasidagi rishtalarni qadrlashga va ularni mustahkamlashga undaydi.

Filmda rollarni Behzod Muhammadkarimov, Ra’no Zokirova, Mirolim Qilichev, Nargiza Abdullayeva, Nurmamat Iskandarov, Mohlaroy Sobirova, Shahrizoda Kamaldinova, Sabina Ibragimova Abbos Abdullayev, Anvar Salimov, Zarrina Jahanzeb, Baxtigul Ozodova, Abror Yo’ldoshev, Nodira Murtazayeva, Zilola Po’latova, Fotima Aripova hamda Yuna Katnash kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.

Ssenariy mualliflari Vazira Shodiyeva, Abbos Abdullayev postanovkachi rejissyor Abbos Abdullayev, postanovkachi operatorlar Bexzod Pirmatov, Zufar Xolmatov

Ushbu filmni 22-sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tomosha qilishingiz mumkin

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!