O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi kinoijodkorlar o‘rtasida transport-logistika sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, aviatsiya sohasidagi mutaxassislarning qahramonliklariga bagʻishlangan toʻliq metrajli badiiy film boʻyicha ijodiy tanlov e’lon qiladi!
? Tanlovda yuqorida qayd etilgan mavzular boʻyicha adabiy ssenariy uchun sinopsislar tanlab olinadi.
Tanlovga taqdim etilgan sinopsislar quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:
✔️ o‘zbek tilida (Agar xorijiy tilda yozilsa, adabiy ssenariy tarjimasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlarning oldini olish maqsadida oʻzbek tilidagi tarjimasi bilan birga topshiriladi), adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 formatda, 14 shriftda, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.
Kinoloyihalarda quyidagi ma’lumotlar aks etishi lozim:
✔️ filmning ishchi nomi; formati va davomiyligi (xronometraji);
✔️ janri va auditoriya yosh chegarasi;
✔️ taxminiy xarajatlar smetasi;
✔️ loyiha taqdimoti (ijodiy guruh, aktyorlar, lokatsiyalar va boshqa ma’lumotlar). Filmning asosiy qahramonlari, ularning o‘ziga xos xarakteri, asosiy syujet liniyasi, voqealar, avj nuqtasi va yechimi aks etgan bo‘lishi lozim.
⏳ Tanlov 2025-yilning 10-iyulidan 20-iyul sanasiga qadar davom etadi. Sinopsislar va kinoloyihalar belgilangan muddatlarda tanlov ishtirokchilarining (kino faoliyati bilan shug‘ullanuvchi studiya) arizasi bilan Kinematografiya agentligining e-xat tizimi orqali devonxona@uzbkino.uz manziliga faqat onlayn tarzda taqdim etilishi lozim. Qoʻlda topshirilgan loyihalar qabul qilinmaydi.
⚠️ Tanlovga taqdim etilgan sinopsislar va kinoloyihalar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Tanlov mavzulariga mos bo‘lmagan va talablariga zid bo‘lgan kinoloyihalar muhokama uchun qabul qilinmaydi.
? Tanlovga takliflar 2025-yil 20-iyul soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
? Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49.
? Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy.








