Milliy kino san’ati saroyida yangi qulayliklar yaratildi

0
185

Endilikda O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi tashrifchilari uchun yana-da qulay sharoitlar yaratildi. Kino saroyi binosida ona va bola xonasi hamda tibbiyot burchagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ona va bola xonasi – kichkintoylar bilan kelgan mehmonlar uchun qulayliklar yaratish, bolalarning ehtiyojlarini xotirjam va qulay muhitda ta’minlashga xizmat qiladi.

Tibbiyot burchagi esa zarurat tug‘ilganda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi.

Mazkur sharoitlar, ayniqsa, farzandli oilalarning bemalol hordiq chiqarishi va Kino saroyida yaratilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishlariga xizmat qiladi.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!