“Daydi shamol” filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

0
438

Joriy yilning 8-may kuni O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Daydi shamol” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Premyera marosimi an’anaviy qizil yo‘lakda yulduzli daqiqalar bilan boshlandi. Film aktyorlari va ijodiy jamoa vakillari olqishlar sadolari ostida gilam ustidan yurib o‘tishdi. Ularning ishtiroki tadbirga bayramona va ilhomli ruh olib kirdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Agentlik direktori maslahatchisi Sayfullo Rajabov, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev hamda film rejissyori Sanjar Matkarimov ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.

Film syujeti bugungi kunda tobora keng tarqalayotgan kiberjinoyatchilikning odamlar hayotiga va butun jamiyatga bo‘lgan jiddiy tahdidlari haqida hikoya qiladi.

Filmda rollarni Shohnur Saydahmadov, Asal Shodiyeva, Yigitali Mamajonov, Gulruxsor Toxirjonova, Hasan Habibullayev, Umid Uzoqov, Boyir Xolmirzayev, Bobur Yoʻldoshov hamda Firdavs Aripov kabi iqtidorli aktyorlar ijro etishgan.

Ssenariy muallifi Sanjar Matkarimov, postanovkachi rejissyorlar Sanjar Matkarimov, Azamat Nurmatov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, postanovkachi rassom Dilshod Nuritdinov, kartina direktori Ilhom Absalomov

Yaqin kunlarda ushbu filmni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tomosha qilishingiz mumkin.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!