O‘zbek filmlari Qirg‘izistonda yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi

0
350

Joriy yilning 22–25-aprel kunlari Qirg‘izistonda o‘tgan “Kyrgyzstan — Land of Short Films” XIII xalqaro kinofestivalida o‘zbekistonlik kinoijodkorlar katta muvaffaqiyatga erishdi!

Gran-pri — “Eng yaxshi film” mukofoti iste’dodli rejissyor Semyon Gritsay suratga olgan “Jarlik” filmiga berildi.

Yosh va umidli rejissyor Dilshodbek Usmonov esa “Bu yerlarda hayot boshqacha” nomli qisqa metrajli filmi bilan hakamlar hay’atining maxsus mukofotini qo‘lga kiritdi!

O‘zbek kinosi dunyo sahnasida yuksalishda davom etmoqda!

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!