“Dars” badiiy filmi premyerasi
Ertaga soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Kontent markazi hamda “MA’NO CINEMA” hamkorligida suratga olingan filmda ustoz va shogird munosabatlari, kitobxonlik madaniyati, ma’rifat, insoniylik va ma’naviy kamolot masalalari yoritiladi.
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida kinoseanslar uchun chiptalarni bevosita kassadan yoki onlayn tarzda xarid qilish mumkin.
Quyidagi video lavhada chiptalarni xarid qilishning har ikki usuli ham bosqichma-bosqich tushuntiriladi.
Video lavhani tomosha qiling.
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston san’at arbobi Zulfiqor Musoqov rejissyorligida suratga olingan “Fayzulla Xo‘jayev” (“Tegirmon”) badiiy-publitsistik filmining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Film O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin tutgan davlat va jamoat arbobi Fayzulla Xo‘jayevning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.




