Joriy yilning 22–25-aprel kunlari Qirg‘izistonda o‘tgan “Kyrgyzstan — Land of Short Films” XIII xalqaro kinofestivalida o‘zbekistonlik kinoijodkorlar katta muvaffaqiyatga erishdi! Gran-pri — “Eng yaxshi film” mukofoti iste’dodli rejissyor Semyon Gritsay suratga olgan “Jarlik” filmiga berildi. Yosh va umidli rejissyor Dilshodbek Usmonov...
O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida taʼmirtalab bo‘lgan zal qayta taʼmirdan chiqarildi va 30-avgustdan boshlab o‘z faoliyatini davom ettiradi. Taʼmirlash jarayonida yangi, qulay o‘rindiqlar o‘rnatildi. Shuningdek, zalga kirish qismidagi yo‘lak mahalliy va xorijiy kinoyulduzlarning rasmlari bilan bezatildi.
Kecha O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “OLTIN HUMO” 2025 milliy kino taqdimot marosimi tantanali ruhda o’tkazildi. Mazkur nufuzli tadbir o‘zbek kinematografiyasining bugungi yutuqlari va ijodiy salohiyatini namoyon etib, kino sohasi vakillari, taniqli rejissyorlar, aktyor va aktrisalar, kino mutaxassislari hamda san’at ixlosmandlarini bir maydonga jamladi.